vajohat
bilan ulashing
1. Odamning koʻzga tashlanuvchi gavda bichimi, qiyofasi, savlati.
-
Bu ulfati chor ichida katta sallali, oppoq soqolli, lekin vajohati yigit -day bir keksa kishi diqqatni oʻziga jalb etadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shukur-jonni yana uning butun vajohatidan yogʻilib turgan kuch-quvvat yuzining qizilligi hayron qoldirdi. O. Yoqubov, Ota izidan
2. Ruhiy holat, kayfiyatning koʻzga tashlanuvchi ifodasi, koʻrinishi; avzo.
-
Munira yalt etib eriga qaradi, vajohatini koʻrib, oʻrnidan turdi. F. Musajonov, Himmat
-
Otaxoʻja aka Eson boboning ertalabki vajohatidan tashvishli gap borligini sezgandi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Mahkam qoʻllarini musht qilib, qoʻrqinchli vajohat bilan Zokirga otildi, ammo bir necha kishi birdan oraga tushdi. P. Qodirov, Uch ildiz
VAJOHAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАЖОҲАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vajohat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar