vakil
bilan ulashing
1. Biror kishi, muassasa, tashkilot va shu kabilar nomidan ish koʻrishga vakolati boʻlgan, uning manfaatlarini koʻzlovchi va himoya qiluvchi shaxs.
-
Ikki vakil u mulladan keladi, Kelib qizning ixtiyorin soʻradi. Alpomish
-
Bir ozdan soʻng yuqoridan kelgan vakil bilan trest boshligʻi oʻzlarining ishlaridan gap ochdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Olim jamiyatning bir necha vakillari bilan Vengriyaga boradi. Fan va turmush
2. Biror davlat yoki tashkilotning vakolati bilan oʻzga ellarda uning nomidan ish koʻruvchi, uning manfaatlarini himoya qiluvchi lavozimli kishi, elchi.
-
Diplomatik vakil. Muxtor vakil.
-
Men Zakaspiy hukumatining vakili Azizbek boʻlaman. K. Yashin, Hamza
3. Biror soha, ijtimoiy guruh, jamiyat va shu kabilarga mansub kishi; namoyanda.
-
Respublikamizning har bir soha vakili 10 yillikni mehnatda ajoyib yutuqlar bilan kutib olmoqda. Gazetadan
-
Davrada bir mahalla kishilari, ammo turli fan vakillari toʻplangan edi. Fan va turmush
vakil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Vakil ota
VAKIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАКИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vakil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar