asorat
bilan ulashing
Ozodlik (erk)dan mahrumlik, tutqunlik.
-
[Furqat] Juda koʻp asarlarida zulm va asorat iskanjalarida ingragan mehnatkash xalqning orzu-umidini kuyladi. Gazetadan
-
Adolat boshingga ozodlik bayrogʻini ildi, Asoratdan qutulgan mehri daryo, mehribon oʻlkam. Voqif.
1. Odatda, salbiy taʼsir.
-
Uzoq, ogʻir yoʻl va jadal yurishning asorati boʻlsa kerak, otlarning sagʻrisi sovunday koʻpirib turibdi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. tibbiy Biror narsadan qolgan yomon oqibat; asar.
-
Gripp va u qoldiradigan asoratning oldini olish uchun quyidagilarga eʼtibor berish lozim. Gazetadan
-
Ayollar bolani oldirishga shoshilishadi-yu, buning qanday asoratlar qoldirishi haqida oʻylab ham koʻrishmaydi. Saodat
ASORAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АСОРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
asorat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar