otlan
bilan ulashing
1. Otga minmoq.
-
Oʻrmonjon Ahmedovning bir gapini otlangani uzangiga oyoq qoʻyayotganida esladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. koʻchma Biror joyga borish uchun shaylanmoq, tayyorlanmoq, hozirlik koʻrmoq.
-
Kechki soat oltilarga yaqin koʻp qatori Toshtemir ham uchrashuvga otlanib, koʻchaga chiqdi. Yoshlik
-
[Kumushga onasi:] Tur, boʻlmasa, yuz-qoʻlingni yuvib otlan, xudo oʻlim bersin uyatsiz eringga! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. koʻchma Biror ishni bajarish uchun shaylanmoq, jazm qilmoq.
-
Yangi gʻalabalar sari otlanmoq.
-
Sen yovga qarshi otlan, Men jilovdoring boʻlay. Mirtemir, Asarlar
otlan soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jini (yoki ajinasi) otlanmoq
-
[Nabijon] Uni [Otajonni] koʻrdimi, ajinasi otlanaveradigan boʻlib qolgan edi. F. Nasriddinov, Ota oʻgʻli
OTLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОТЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
otlan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar