otryad
bilan ulashing
1. Jangovar yoki maxsus vazifalarni bajarish uchun tuziladigan vaqtinchalik yoki doimiy harbiy tuzilma.
-
Dengizchilar otryadi. Parashyutchilar otryadi. Otryad komandiri.
-
— Yuq, — dedi komandir, — hozir fursat yoʻq Hozircha bularni olib, ot choptirib, tezroq otryadga yet. S. Ayniy, Kullar
-
Shu vaqt uning baxtiga partizanlar otryadining ratsiyasidan xabar kelib qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Biror ish, faoliyat, xizmat uchun uyushgan kishilar guruhi, jamoasi.
-
Quyosh qumtepalar orqasiga yonboshlab, gʻuborli ufqni alangalatganda, bargi toʻkilgan qumrang saksovul butalari orasida geologlar otryadidan qolgan eski shaharcha koʻrindi. A. Muxtor, Asarlar
3. Umuman, jamiyatning maʼlum belgilar bilan birlashgan guruhi.
-
Ilgʻor yoshlardan tuzilgan otryad choʻlda yangi inshootlar qurish uchun otlandi. Gazetadan
4. zool. Hayvonlar sistematikasida: maʼlum belgilar bilan birlashgan guruh; turkum.
-
Kemiruvchilar otryadi.
OTRYAD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОТРЯД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
otryad so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar