singil
bilan ulashing
1. 3-shaxs birlikda (singli va singlisi)
2. Bir ota-onadan tugʻilgan qizlarning kichigi (opalariga, akalariga nisbatan).
-
Kichik singil. Oʻrtancha singil.
-
Endi ishim oʻng boʻladi: endi ayam, ukam, singlim zoriqmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Solih maxdum onasi va oʻn olti yoshli Nayma ismli singlisi bilan Qoʻqonda qoldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. Oʻzidan kichik qizlarga, ayollarga murojaat qilinganda qoʻllanadigan soʻz.
-
— Koʻp oʻqigansiz, lekin kam bilasiz, singlim! — dedi oʻqituvchi [Gavharga]. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Oftob oyimni Oʻzbek oyim oʻtqazgani joy topmas, “quda“ soʻzi oʻrnida singlim deb xitob qilar, oshni ham uning raʼyini soʻramasdan buyurmas edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
singil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qayni singil
SINGIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИНГИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
singil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar