singi
bilan ulashing
1. Shimilmoq, shimilib yoki sizib, ichki qatlamga, qismiga oʻtmoq.
-
Moy boʻyoq taxtaga yaxshigina singiydi.
-
Ular: Yer toʻymaguncha, el toʻymas, lalmikor qirlarning tuprogʻiga qor suvi singimaguncha, bugʻdoy unmaydi, deb nolir edilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Hazm boʻlmoq, oʻzlashmoq (ovqat, oziq haqida).
-
— Uch tutam holva, uch tanga pul, — dedi yigitcha. — Agar hammasini yesangiz, osh boʻlsin, singisin. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Vaqtida ovqatlanmaslik meʼda shilliq qavatini yalligʻlantiradi natijada kishi qayt qiladi, yegan ovqati singimaydi. Gazetadan
3. fizika Yutilmoq, shimilmoq.
-
Yorugʻlikning jismga singishi.
4. koʻchma Bagʻriga, qoʻyniga kirib yoki rangiga, tusiga oʻzlashib ketmoq yoxud birdek boʻlib, izsiz yoʻqolmoq.
-
Otabek sunbul isli sochlardan ruh olar, Kumush goʻyo uning bagʻriga singib ketgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ularning bir-biriga monand gavdasi chiroqlar nurini kesib oʻtib, qorongʻilik qoʻyniga singib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
5. koʻchma Oʻrnashib qolmoq, jo boʻlmoq.
-
Qishloq muhiti, ota-onaning oʻta oq koʻngillik ruhida bergan tarbiyasi Yigitalining qon-qoniga singib ketgandi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Bu odam mahalla hayotiga, har bir kishining diliga kirib, shu qadar singib ketgan ediki, otpuskaga yo komandirovkaga ketsa, butun mahalla huvullab qolganday boʻlardi. A. Qahhor, Asarlar
-
Pishib yotgan bogʻlarga boqdim, Hislarimga singib kirdi kuz. X. Davron
6. koʻchma Yoʻqolmoq, yoʻq boʻlmoq; yoʻq boʻlib, xotiraga aylanib qolmoq.
-
Yillar qaʼriga singib ketgan bolalik, olisda sudralib yurgan bulut parchalaridek, koʻz oʻngidan oʻtaveradi. S. Ahmad, Hukm
singi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qumga singib ketganday yoki qumga singigan suvday
-
Shuncha bergan taʼlimlarim qumga singigan suvday singib ketaveribdi-da. Latifalar;
-
Kombat shaharda mudofaa tutishga buyruq berdi. Dushman qumga singib ketganday jim edi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan
Singib pishgan non
-
Umid dasturxon ustidagi novvot-u pashmak, qaymogʻ-u asal, tandirda singib pishgan nonlarni koʻrib taʼsirlandi. Mirmuhsin, Umid
SINGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИНГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
singi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing