singish
bilan ulashing
1. Chuqur oʻrnashmoq, oʻzlashmoq, jo boʻlmoq, singmoq, singimoq.
-
Oqshom tinchligida olamning butun goʻzalliklari koʻnglimga singishib kirganday boʻladi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
-
Koʻzlariga oʻrnashgan, singishgan gʻam ketmagan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Oʻrganib olmoq, odatlanmoq; moslashmoq.
-
Qariyb yetti yillik gavjum hayot davomida Yigitali shahar sharoitiga butunlay singishib ketgan edi. D. Nuriy, Osmon ustuni
3. Bagʻriga, qoʻyniga yoki rangiga, tusiga kirib yoʻqolmoq; birga qoʻshilib, birdek boʻlib ketmoq.
-
Togʻlar, qirlar, dalalarda oqshom tushib, qosh qoraya boshlagan, atrofdagi daraxtlar, uylar va ekinzorlarning bari bir-biriga singishib, koʻkimtir tuman pardasiga oʻralayotgan edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
4. koʻchma Oʻrganish boʻlib qolmoq, odat tusiga kirmoq, oʻzlashib ketmoq.
-
[Qandolatxon] Eri ustidan hukmronligini Husniddinga ham koʻrsatmoqchi boʻldi. Lekin Husniddinga bu qiliq singishmay, avval bir necha kun taʼbi tirriq yurdi. Mirmuhsin, Feʼlan kuchsizlik
SINGISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИНГИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
singish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar