otin
bilan ulashing
1. tarixiy Eski maktablarda qizlar oʻqituvchisi; din va shariat bilimdoni.
-
Har kun qoʻshnimiz otin bibida qiyomgacha oʻqib, keyin to kechgacha, koʻpincha kechalari ham, ayamning yoniga kirib, tikish tikdim. Oybek, Tanlangan asarlar
2. etn. Ayollar oʻrtasida diniy marosimlarga (masalan, mavlud) boshchilik qiladigan ayol.
3. so‘zlashuv tili Har qanday oʻqimishli yoki oʻqituvchi ayol.
-
Shu chinorga chiqqanga, Chiqib uni yiqqanga, Soʻzsiz, xotin boʻlaman. Goʻzal otin boʻlaman. H. Olimjon
-
— Oying ham otin boʻladi, — Mavlon aka Karomatning gapidan zavqlanib kulib qoʻydi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Gulnor Yoʻlchiga xat yozishga qaror qilgan va soʻzlarini aytib turgan, otin qiz esa Gulnor soʻzlarini silliqlab, qogʻozga koʻchirgan. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Oʻqimishli, obroʻli ayollarga murojaatda yoki ular toʻgʻrisida gap borganda, ismiga qoʻshib ishlatiladigan soʻz.
-
Shakar otin. Fotima otin.
-
[Yusufbek hoji:] Bolam, Zaynab otin, sizdan hali yoshlik gʻururi ketmagan, lekin mening bolam boʻlganingizni siz ham unutmang! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
otin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Otin bibi (yoki buvi, oyi)
-
Yozishni bilmaydimi? — Qaydan biladi, qishlogʻimizda otin buvi boʻlmasa, oʻqimagan-da. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Opaning ovozi, otin oyilarning ovoziga oʻxshab, faqat bitta notada yurar ekan. S. Ahmad, Jimjitlik
OTIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОТИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
otin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar