otil
bilan ulashing
1. Otmoq 1, 3, 5-6, 9-12 feʼllarining majhul nisbati.
-
Yaqinda uchta boʻri otildi. Aytilgan soʻz — otilgan oʻq. Maqol
-
Ogʻzi katta qora toʻplar Otildi maydon ichinda, Mard yigitning shirin joni Sotildi maydon ichinda. Ravshan
2. Otmoq 3 feʼlining oʻzlik nisbati.
-
Shu vaqt komanda berildi: Saflan! Normat Adolatning shirmoy yuzidan oʻpdi va ona bagʻriga otildi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Qamariddin otilib kelib, uning boʻyniga pichoq sanchdi. Yoshlik
3. Oʻzini biror tomonga urmoq.
-
Yoʻlchi keskin harakat bilan qayrilib, tashqariga otildi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Shiddat bilan yuqoriga koʻtarilmoq.
-
Qaynab chiqar neft buloqlari. Fontan boʻlib otilar tikka. Oʻ. Mirzo
-
Sharillab otilib chiqayotgan artezian suviga boshini tutib turdi. S. Ahmad, Ufq
5. koʻchma Oʻz ixtiyori bilan talabgor boʻlib chiqmoq, safarbar boʻlmoq.
-
U birinchi otilib chiqib, paranji tashlagan xotin.
-
Xalqqa erk uchun, non uchun, madaniyat uchun kurashga otilmoq kerak. Oybek, Nur qidirib
OTIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОТИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
otil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar