asos
bilan ulashing
1. Narsaning barcha qismlarini tutib yoki koʻtarib turuvchi qismi, tayanchigʻi.
-
Shamdon asosi. Stanok asosi.
2. Ijtimoiy hayot yoki tabiat hodisalarining negizini tashkil etgan narsa; tayanch, negiz, poydevor.
-
Ilmiy asos. Nazariy asos.
-
Ijodiy mehnat qadr-qimmatining huquqiy asoslarini yaratish kerak. Gazetadan
3. (faqat koʻplik shaklida)
4. Sodir boʻlgan yoki qilingan ish-harakat, aytilgan fikr va shu kabilarni dalillovchi narsa.
-
Men bu yigitning ishini tekshirib koʻrdim. Mahkamni ayblashga asos topolmadim. N. Safarov, Uygʻonish
-
— Ishonishga asos bor, — dedi Ramazonov dadillik bilan. Sharq yulduzi
5. kim. Kislotalar bilan oʻzaro taʼsir qilib, tuz hosil etadigan birikma.
asos soʻzi qatnashgan jumlalar:
Asos solmoq
-
Shaharga asos solmoq.
-
Demak, bundan besh ming yil muqaddam asos solingan dehqonchilikda sholi ham boʻlishi kerak. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
-
Kamol Iqoniy asos solgan iqoniya tarmogʻi tariqat shajarasining Zangiota tarmogʻidan boshlanadi. Fan va turmush
ASOS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АСОС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
asos so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar