asli
bilan ulashing
1. Asl soʻzining 3-shaxs birlik shakli.
-
Odamlarning yaxshisi — gʻazabi sekin kelib, asliga tez qaytadiganidir. Fan va turmush
2. aynan Asl 1, 2.
-
Hiloliy Ravshanbekning asli zotini soʻrab bir soʻz dedi. Goʻroʻgʻlining tugʻilishi
-
Asli oʻsgan yerim mening Koʻyiston. Malikayi ayyor
3. Haqiqat eʼtibori bilan; aslida.
-
Qarovi bizdan boʻlgani bilan mol asli Jovlivoyniki. N. Norqobilov, Toʻqnashuv
-
Gapning qisqasi, taomilimizda asli bor boʻlib, soʻnggi davrlarda isteʼmoldan chiqib ketgan. Gazetadan
4. Odatga koʻra, tabiatan; aslida.
-
Dadam asli xatni onda-sonda yozadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
5. mod. s. vzf. Fikrning toʻgʻriligini (soʻzlovchining shunday munosabatini) bildiradi; aslida.
-
Asli, libos emas, ulugʻdir odam Voqif
-
Asli, odam nasli devdan ulugʻdir Malikayi ayyor
ASLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АСЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
asli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan ASLI so‘ziga berilgan ma’nolar
asli so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar