asl
bilan ulashing
1. ot Kelib chiqishi, kelib chiqish eʼtibori bilan qarashliligi; nasli, tagi.
-
Men aslimni, choʻpon, senga aytayin, Koʻhi Qofda Oysha pari bolasi. Oysuluv
-
Madaminning asli kimligini, Tojiboy uni qachondan tanishini surishtirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Kelib chiqqan (asos) joyi.
-
Asli toshkentlik.
-
Men ham dehqon bolasiman. Aslimiz Qudashdan. A. Qahhor. Qoʻshchinor chiroqlari
3. Yaratilishdagi, bosh, dastlabki.
-
Asl nusxa.
-
Bundan ikki yil avval xon saroyining ichki binolari taʼmirlanib, asl holiga qaytarilgan edi. Gazetadan
4. sifatdosh Chin, chinakam, haqiqiy.
-
Asl muddao. Asl nom.
-
Otabek, uyalmay, tortinmay javob beringiz, bu gal Toshkentdan chiqishingizdagi asl maqsadingiz nima edi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bilim olishga asl yoʻl endi ochildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
ASL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АСЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
asl so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar