to‘y
bilan ulashing
1. Yeyish, ichishga boʻlgan talabi qonmoq, qonib yemoq, ichmoq, ovqatga, suvga qonmoq.
-
Yeb toʻymagan, yalab toʻymas Maqol
-
Qoʻl bilan berganga qush toʻymas. Maqol
-
Suq toʻymas, oʻgʻri boyimas. Maqol
-
Anvar Nigor oyimga rahmat aytib, toʻyganini soʻzladi va qoʻl artar ekan, chaqaloqqa gap qotdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Kambagʻal xalq oʻlib-tirilib mehnat qiladi-ku, qorni toʻymaydi, egni butun boʻlmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Suv, ozuqaga toʻyinmoq (yer va oʻsimliklar haqida).
-
Gʻoʻzalar suvga toʻydi. Yer toʻymaguncha, el toʻymas. Maqol
-
Qor suviga toʻygan yer xamirdek yumshoq edi. S. Ahmad, Ufq
-
Xalqning yer toʻysa, el toʻyadi, degan naqlida hikmat koʻp. Gazetadan
3. koʻchma Rohatlanib miriqmoq.
-
Uyquga toʻymoq. Diydoriga toʻymoq. Toʻyib suhbatlashmoq. Yiqilgan kurashga toʻymas. Maqol
-
U [Elmurod] har gal bu yoʻldan yurganda, uzoq-uzoqlarga tikilib, sira toʻymasdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Toʻpa xola oʻzini muncha tetik tutgisi, horigan koʻzlarini ochgisi, tabiatga toʻyib boqqisi keladi, ammo darmoni yoʻq. I. Rahim, Ixlos
-
Keng hovlining husniga xol boʻlib turgan atirgullar yaqin kunlarda ochilib, toʻyib boʻlmaydigan jamolini namoyon qiladi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Toʻyib-toʻyib shoʻxlik, beboshlik, jinnilik qilsang, vodiyni boshingga koʻtarib qahqaha ursang. F. Musajonov, Himmat
4. koʻchma Chidab, toqat qilib charchamoq, toqati toq, bezorijon boʻlmoq.
-
Aql, insof bilan ish qila-qila, endi juda toʻydik. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Men ham toʻydim bu xoʻrlik, bu haqoratdan! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qishloq xalqi Sarijoʻja suvining toshqinidan juda toʻygan ekan. Oʻzbekiston qoʻriqlari
to‘y soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jondan toʻymoq
TO‘Y so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘y so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar