halol
bilan ulashing
1. din. Shariat hukmiga muvofiq yesa, ichsa, foydalansa boʻladigan; harom emas.
-
Pulni olmadim, ming marta roziman, sizga ona sutiday halol boʻlsin A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. koʻchma Kishining oʻziga qarashli, oʻz mehnati bilan, peshona teri toʻkib topilgan; xiyonat, gʻirromlik kabilardan xoli.
-
Jon-dilidan halol ishlaydigan odamlar bilan inoq R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Toʻgʻri tut ishingni va halol yasha! Shuhrat
-
Mahfuza endi qingʻirlikni tashlar, bolalarini halol pul bilan boqib, voyaga yetkazar Gazetadan
3. koʻchma Gʻirromlikka oʻrganmagan, qin-gʻir yoʻlga bormaydigan, birovni aldamaydigan; toʻgʻri, sofdil.
-
Halol kishi. Halol ishlamoq.
-
Kolxoz raisi umri yetimlik bilan oʻtgan halol odam. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
[ Zargarov:] Bechora Oqila oʻzi juda halol, mehnatkash, bolalarga juda mehribon ayol. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Azaliy xalqing bor bir el qatori, Tanti-yu mehnatkash, toʻgʻrisoʻz, halol. A. Oripov, Yillar armoni
4. Nikohlab olingan, qonuniy (xotin haqida).
-
Birovning halolini birov suyadigan zamon ekan-da, vodarigʻ? S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Oʻzining bir emas, ikkita xotini boʻla turib, tagʻin bir yigitning haloliga koʻz olaytirish A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. sprt. Oʻzbek kurashida sof gʻalabaga beriladigan baho.
HALOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЛОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
halol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar