hushtak
bilan ulashing
1. Havoni puflab chiqarish yoʻli bilan chalinadigan asbob, moslama.
-
Sopol hushtak. Militsioner hushtagi.
-
Yoʻlchi uni [bolani] ovutish uchun, toldan bir novda kesib olib, kichkina hushtak yasadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ana shunday asbob, moslama yordamida yoki lab va tishlar orasidan havo chiqarib hosil qilingan tovush.
-
Koʻcha qorovuli hushtagini eshitib toʻxtadi.
-
Odamlar norozilik bilan qarsak chalishar, zalning chekka-chekkalaridan hushtak ovozlari eshitilib qolardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Tursunboy ikki barmogʻini ogʻziga tiqib, hushtak chaldi. S. Ahmad, Ufq
3. Biror taʼsir, tabiiy hodisa tufayli hosil boʻladigan, hushtakka oʻxshash tovush.
-
Toʻsatdan devordagi radiokarnay hushtak chalib, keyin xirillay boshladi. Mushtum
-
Qaldirgʻochning tashlandiq uyasidan ingichka hushtak ovozi chiqardi: izgʻirin berkinib olib, shoʻxlik qilayotganga oʻxshaydi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Kuchli shamol daraxt shoxlarini bir-biriga qasir-qusur urib, hushtak chaldi. Y. Muqimov, Matonatli kishilar
HUSHTAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУШТАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan HUSHTAK so‘ziga berilgan ma’nolar
hushtak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
hushtak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar