hushyor
bilan ulashing
1. Sharoit, holatni, narsa-hodisaning mohiyatini tez anglash qobiliyatiga ega; shunday qobiliyat, idrok bilan ish tutadigan; ziyrak.
-
Hakimboyvachchadek hushyor yigit qayda? Boylarimizning bari hushyor. Aqli boʻlgani uchun boy boʻlganda. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U suv toʻldirib qoʻyilgan qumgʻon tagiga olov yoqdi. Hushyor shogirdlari hatto tutantiriq ham tayyorlab qoʻyishgan ekan. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Tevarak-atrofga, yon-veridagi hodisalarga sezgirlik bilan koʻz-quloq boʻlib turuvchi; sergak.
-
Chegarada hushyor turadi posbon, Begona biror xas uchib oʻtolmas. R. Bobojon
-
Hushyor turib, adashmay, Har shar-pani sezaman. Uygʻun
3. Es-hushi joyida, hushini yoʻqotmagan (asosan, ichkilik, kayf taʼsirida emaslikni bildiradi).
-
Alimardon qancha may ichganining hisobiga yetmadi Hushyor paytlarida u oʻzining ahvolini oʻylab koʻrar, nazarida, dahshatli tush koʻrayotganga oʻxshab ketar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Abdishukurning kayfi baland boʻlsa-da, hushi hali oʻzida, mumkin qadar oʻzini hushyor tutishga tirishadi. Oybek, Tanlangan asarlar
hushyor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hushyor tortmoq
-
Muhammadiyev hushyor tortdi-da, tavba-tazarruga oʻtdi. I. Rahim, Qadriabad odamlar
-
Shirakayf oʻtirgan yigit militsiya xodimini koʻrib, hushyor tortdi. Gazetadan
-
Toʻngʻich botir hushyor tortib, yarogʻlarini tayyor qilibdi. Chalpak yoqqan kun
HUSHYOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУШЁР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hushyor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar