ob-havo
bilan ulashing
1. Atmosfera quyi qatlamining maʼlum vaqt va maʼlum joydagi holati.
-
Qish ob-havosi. Ob-havo injiqligi.
-
U [Elmurod] qaytgan vaqtda yomgʻir tingan, lekin bu yerning oʻziga xos ob-u havosiga muvofiq, yomgʻirdan keyin qattiq shamol turgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Maʼlum joy yoki hudud atmosferasidagi meteorologik oʻzgarishlar majmui; iqlim.
-
Mulla Turob bir yoz faslida Samarqand sayohatiga borib, u shaharning ob-u havosini yoqtirgan. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Ob-havoni, oqar suvlarni ifloslantirmaslik toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi. Gazetadan
3. koʻchma Vaziyat, holat.
-
Bu gaplar qishloqda nechogʻliq tarqalganligi, yaʼni u yerdagi ob-havoni bilish maqsadida Nasibani avtobusga oʻtqazib, tongda qishloqqa joʻnatdi. Yoshlik
ob-havo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ob-havo byurosi
OB-HAVO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОБ-ҲАВО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ob-havo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar