ongli
bilan ulashing
1. Ongga ega, aql-idrokli.
-
Ongli kishi,
-
Har bir ongli ishchi bizning ulugʻ haqiqatimizning tashviqotchisi boʻlishi kerak. Oybek, Nur qidirib
-
Axir shu paytgacha, cheksiz koinot qaʼrida bizdan oʻzga ongli mavjudot saqlanib qolganini bila olmagandik-ku?! S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Ong, aql-idrok bilan bogʻlangan, aql-idrok taqozosi bilan qilinadigan; Shunday ong-tushunchaga asoslangan.
-
Ongli hayot.
-
Albatta, bu natija tinimsiz ongli mashgʻulot, oʻz ustida ishlash evaziga qoʻlga kiritiladi. Fan va turmush
3. Voqelikni, ijtimoiy hayotni, oʻz mavqeyi va tarixiy burchini toʻgʻri tushunadigan; ongi baland; belgili tushunchaga ega, bilimli; madaniyatli.
-
Oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik oʻrnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechyapti. Gazetadan
-
Teshaboy zamonasining besh-olti xotinlik qoloq boylaridan boʻlmay ongli boylardan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
ongli soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ongli ravishda
-
Ongli ravishda fikr yuritmoq;
-
Ongli ravishda qilingan ish.
ONGLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОНГЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ongli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar