kompozitsiya
bilan ulashing
1. Adabiy asar, sanʼat asari qismlarining tuzilishi, joylashishi va oʻzaro munosabati, ularning qoʻshilib ketishi, qoʻshilgan yaxlitligi.
-
Romanning kompozitsiyasi. Operaning kompozitsiyasi.
-
Uning [Oxunovaning] ocherklari syujet va kompozitsiya jihatidan aniq maqsadga qaratilgan. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
-
Har holda ular ham kompozitsiyasi, ham ohangdorligi bilan folklor asarlariga yaqin turadi. OʻTA
2. Tarkibiy qismlari mazmunan oʻzaro bogʻlanib, birlik tashkil etgan badiiy asar, musiqa yoki rassomlik asari.
-
Haykaltaroshlik, meʼmorchilik kompozitsiyalari bamisoli jangnomaning qahramonlaridek qad koʻtaradi. Gazetadan
3. musiqa Musiqa asari yaratish nazariyasi.
-
Kompozitsiya klassining talabasi.
KOMPOZITSIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОМПОЗИЦИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kompozitsiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar