qalin
bilan ulashing
1. Koʻndalang oʻlchami katta (odatda yassi-yoyiq narsalar haqida).
-
Qalin kitob. Qalin taxta. Qalin qogʻoz. Qalin namat. Poʻchogʻi qalin qovun.
-
U daftarning qolgan yozuvlarini ham oʻqir ekan, qalin lablariga titroq kirdi. Mushtum
2. Bir necha qavatli yoki orasiga narsa solib ishlangan (asosan, kiyim, koʻrpa va shu kabilar buyumlar haqida).
-
Qalin koʻrpa. Qalin toʻn. Qalin kiyinmoq.
-
[Fosih afandi] Qalin koʻrpacha ustida savol-javobga quloq solib oʻtirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
eski qalin chopon lozim-u koʻylak olib chiqdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
[Qutidor:] Oʻzingni teja, qizim, oʻrningni qalin qilib burkanib yot, terlasang yorishasan, qizim? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Bir-biriga juda yaqin joylashgan; zich, tigʻiz.
-
Qalin soch. Qalin maysa. Qalin oʻrmon.
-
Quyosh sekin-asta koʻtarilib, qalin shoxlar orasidan moʻralay boshladi. I. Raxim, Chin muhabbat qalin oʻt ustida oʻtirib, atrofni koʻzdan kechirdi. A. Rahmat, Soqov bola
4. Tutash holatli; quyuq.
-
Ularning hovlisidan qoshiga qalin oʻsma qoʻygan, qomati barvasta, chehrasi quvnoq ayol chiqib kelyap-ti. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Ikki oʻr-toq qator daraxtlar qalin soya tashlab turgan koʻchaga burilishdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Jinchiroq ham koʻrinmaydi, uy ichi qalin tutun. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yoʻlni koʻzlab oʻtirgan edim, u yoqdan qalin chang koʻtarilganini koʻrdim. S. Ayniy, Qullar
5. Koʻp, moʻl.
-
Qalin qor.
-
Bozor kuni boʻlganidan, rastalarda odam qalin. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Toʻy egasi yirik qoʻshma korxona rahbari boʻlgani uchunmi, odam juda qalin edi. Gazetadan
-
Tashqari supurib-sidirilgan, qalin qilib suv urilgan boʻlishi kerak. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
6. kam qoʻll. Yoʻgʻon.
-
Naridan keladi qalin bir ovoz. M. Shayxzoda.
-
Soqolli kampir bir qoʻlini Nurining boshiga yengil qoʻyib, baland, qalin tovush bilan soʻzlarni ohang-dor choʻzib qichqirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
7. koʻchma Yaxshi va mustahkam aloqali; qadrdon, yaqin, jonajon.
-
U mening qalin oʻrtogʻim.
-
Nizomjonning eng qalin oshnasi Karimjon ham frontga ketdi. S. Ahmad, Ufq
-
Tantiboyvachcha u bilan bir yildan buyon qalin doʻstlashib, har hafta ulfatchilik qilishga boshlagan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Olimlar sanoat va qishloq xoʻjaligi xodimlari bilan qalin hamkorlikda bir qancha ishlarni bajardilar. Gazetadan
qalin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Terisi (yoki beti) qalin
etn. Nikoh toʻyida kuyov tomondan kelin tomonga beriladigan, toʻlanadigan pul, mol va shu kabilar
-
U toʻy shart-u sharoitlari ustida, qalin ustida savdolashib oʻtirmay, fotihaga qoʻl koʻtardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Bizga hech narsa — dangʻillama toʻy ham, qalin ham, sep ham kerak emas, deb uqtirishdi. F. Musajonov, Himmat
-
Chiqib olib beray shohning qizini, Qalinni bergancha qarab turaman. Alpomish
QALIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЛИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qalin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar