qaldirg‘och
bilan ulashing
1. Chumchuqsimonlar turkumining bir oilasini tashkil etadigan, qanoti ingichka va uzun, juda tez uchadigan, qora-ola kichkina qushcha.
-
Tuya qaldirgʻoch. Shahar qaldirgʻochi. Togʻ qaldirgʻochi.
-
Bir necha qaldirgʻoch Salorning oqishi boʻylab uchar va uchgan koʻyi valfajr oʻqir edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. koʻchma Biror narsaning paydo yoki sodir boʻlish belgisi; boshlab beruvchi, darakchi.
-
Ha, kampir, sevinib qoldingizmi? Eshitib xursand boʻldim. Rustam qaldirgʻochini yuboribdi, ajabmas, ketidan oʻzi ham qanot qoqib kelib qolsa. V. Gʻofurov, Vafodor
-
Chegaradosh yerlarda Jizzax choʻlini qaldirgʻoch xoʻjaligi tashkil topdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Jamoamizda yangi va ulugʻ ishning qaldirgʻochlari boʻlasiz. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
-
Hojiakbar Shayxovni oʻzbek ilmiy-fantastik adabiyotining qaldirgʻochlaridan biri, deb atasa boʻladi. Gazetadan
QALDIRG‘OCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЛДИРҒОЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qaldirg‘och so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar