istiqbol
bilan ulashing
1. Kelgusi zamon, kelgusidagi holat, hayot; kelajak.
-
Na hozirgi holati, na istiqboli unga hech narsa vaʼda qilmas edi. A. Qahhor, Sarob
-
Anvar istiqbolda qanchalik mushkulot va xatar koʻrmasin, bu jasoratni xush qabul qilishga majbur, chunki muhabbatdan ham ilgari yigitlik taqozosi shu edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Kelgusiga oid, kelajak bilan bogʻliq narsa, ish va shu kabilar
-
Yakun va istiqbollar. Gazetadan
-
Oʻzaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik uchun chinakam istiqbollar ham belgilab olindi. Gazetadan
-
Bundan maqsad bu konlarning qachon ochilgani, qancha muddat foydalanilgani va, nihoyat, ularning istiqbolini aniq belgilash ustida ilmiy ish olib borish edi. S. Karomatov, Oltin qum
3. Qarshi olish, qarshilash (va uning belgisi, ifodasi).
-
Yigitali qadamini tezlatdi-yu, negadir qiz istiqboliga oshiqmadi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Choʻlbobo istiqboliga ayollar oʻrinlaridan turdilar, unga toʻrdan joy koʻrsatdilar. H. Gʻulom, Feruza
-
Umid uzoqdan Hafiza kelayotganini koʻrib, istiqboliga yura boshladi. Mirmuhsin, Umid
-
Ikki soldat bilan istiqboliga chiqdi. S. Ahmad, Ufq
ISTIQBOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСТИҚБОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
istiqbol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar