yaxlit
bilan ulashing
1. Qismlarga boʻlinmagan; bir butun holda(gi).
-
Yaxlit muz massasi. Yaxlit oynali derazalar. Yaxlit paykal.
-
Yaxlit kartadagi chigitlar bir tekisda unib chiqqan. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
-
Nutqimiz yaxlit bir oqimdan iborat boʻlmay, balki mazmun bilan bogʻliq holda boʻlinib-boʻlinib turadi. UTA
-
Bir tanishim mehnat otpuskasini hech vaqt yaxlit olmasdi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
2. Yagona bir, bir umumiy; yagona.
-
Xalq xoʻjaligining yaxlit davlat rejasi.
-
Sulton Joʻraning Qaldirgʻoch ertak-dostonida tinchlik barcha el-elatlarning osoyishtaligi va baxtli taqdirini belgilovchi eng asosiy omil, degan yaxlit gʻoya ilgari suriladi. Fan va turmush
3. Yirik (katta) qismdan iborat; yirik.
-
Muz qatlamlariga urilib, yaxlit-yaxlit muz parchalarini balandga irgʻitayotgan snaryad va bombalarning gumburlashi tobora dahshatli. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Elchiyev ham jamgʻarmasidan yaxlitini koʻtarib, bozor-oʻchar taraddudiga tushdi. E. Aʼzamov, Javob
4. Kasrsiz, butun, yirik.
-
Yaxlit raqamlar.
YAXLIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯХЛИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
YAXLIT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan YAXLIT so‘ziga berilgan ma’nolar
yaxlit so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
yaxlit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing