yastan
bilan ulashing
1. Oyoq-qoʻlni uzatib, yotgan yoki oʻtirgan holda oʻzini erkin tutmoq; yaslanmoq.
-
Kampir divanda yastanib yotardi.
-
Maysaga yastanib yotgan Suvonjon Nigoraga yon tomondan kelib qoʻshilgan jilgʻaning labini koʻrsatdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Mana bugun quling oʻrgilsin bir xiyobonki, koʻlankasida yastanging keladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Qoʻli kresloning yon suyanchigʻiga yastangan Latifjonning issiq bilagiga tegay-tegay deb turardi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
2. Yerning maʼlum sathini qoplab, egallab yotmoq, choʻzilib yoyilib yotmoq.
-
Narigi tomonda esa, kun nurida qizigan oq-sariq qumlar yastanib yotardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Bularning orqasida shakar-qamish, kanop, joʻxori va har nav sabzavotlar bilan qoplangan koʻm-koʻk dalalar yastangan. Oybek, Nur qidirib
YASTAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯСТАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yastan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar