palak
bilan ulashing
1. Qovun, bodring kabi oʻsimliklarning yerda yoyilib oʻsadigan tana, shox va barglari.
-
Qovun palak otibdi. Palak yozgan tarvuz.
-
Domlalarni choy va dasturxon tayyor boʻlguncha ovutib turish uchun mulla Obid palakdan uch-toʻrtta qovun uzib chiqadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Ishkom va shaftolilar uchastka chetidagi qovun-tarvuz palaklari ustidan oʻz soyalarini yigʻib olmoqda edi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Palak otmoq Ildiz otmoq, avj olmoq; koʻpaymoq, mustahkamlanmoq.
-
Natijada VIII—IX asrlardan boshlab Termizda sayidlar avlodi palak otib, mashhur boʻlib ketdi. Fan va turmush
-
Chunki bu yerda rasmiyatchilik palak otgan: mendan ketguncha, egasiga yetguncha, qabilida ish tutilmoqda. Gazetadan
3. Tup qoʻyib, palak otmoq Mustahkam oʻrnashib, martabasi oshmoq; bola-chaqali boʻlib ketmoq.
-
Stansiyadagi moʻtadil havo sekin-asta Salimjonni avval dotsent, keyin professor qilib, tup qoʻyib, palak ottira boshladi. Mirmuhsin, Umid
-
Qaytish bizning qismatimizda boʻlmasa, sizlarda bordir. Zurriyotimiz ota yurtda tup qoʻyib, palak otsa, ming bor shukr qilamiz. Yoshlik
Osmon gumbaziga oʻxshash doira shaklidagi gul-naqshlar bilan qoplangan, odatda uy devorlariga bezak uchun osib qoʻyiladigan kashtachilik buyumi.
-
Ilgari qiz uzatgan odamlar qizining uyini bezash uchun palak, zardevor, choyshab, gilam, sandiq qilishar edi. Gazetadan
-
Hovlilardan kelinlarning palagi olib chiqilib, choyxonaga osildi. Mirmuhsin. Hikoyalar, qissalar
PALAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
palak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar