palata
bilan ulashing
1. Baʼzi mamlakatlarda: parlament yoki boshqa oliy davlat organining tarkibiy qismi.
2. Oʻzbekistonda: parlament — Oliy Majlisning ikki tarkibiy qismi: quyi palata — Qonunchilik palatasi, yuqori palata — Senat.
-
Palatalar bilan hamkorlik qilish, ularga har tomonlama yordam berish vazifasi Adliya vazirligining barcha tizimlariga yuklatiladi. Gazetadan
-
Yuqori palata tarkibini viloyat, shahar va tumanlardan mahalliy kengashlarga saylangan deputatlarning vakillari tashkil etadi. Gazetadan
3. Baʼzi davlat yoki jamoat tashkilotlari va muassasalarining nomi.
-
Savdo palatasi. Kitob palatasi. Tadbirkorlar va tovar ishlab chiqaruvchilar palatasi.
-
Viloyat tadbirkorlar va tovar ishlab chiqaruvchilar palatasi qoshida kichik va oʻrta tadbir-korlikni axborot va maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash markazlari tashkil etilgandi. Gazetadan
-
Ilmiraxon bilan tanishgunimga qadar Oʻzbekiston Yoshlar palatasi haqida koʻp narsa bilmas ekanman. Gazetadan
4. Davolash va dam olish muassasalarida bemorlar yoki dam oluvchilar yotadigan alohida boʻlma, xona.
-
Axir, sen davolayotgan bemorlarning palatasiga televizor qoʻyib berishmaydi-ku. T. Ashurov, Oq ot
-
Oʻsha kuni palatamizga sotuvchi ayol atlas olib kelgandi. Gazetadan
5.
-
Yomgʻir palatadan oʻtib, koʻrpa-yostiqlarni ham shalabbo qilib yubordi. S. Ahmad, Ufq
-
Oʻrmon ichkarisidagi dala gospitalida brezent palatada yotibman. Qora Lochin palataga har zamon bir bosh suqib, menga qarab qoʻyadi. S. Ahmad, Jimjitlik
6. Baʼzi hashamatli uy, qasrlardagi ichki imorat, zal.
-
Yarogʻ-aslaha palatasi.
palata soʻzi qatnashgan jumlalar:
Umum (yoki jamoa)
Oʻzbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi
PALATA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЛАТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
palata so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar