nursiz
bilan ulashing
1. Nur bermaydigan yoki yoritilmagan; xira.
-
Hamidjon oyning nursiz yorugʻi tushib turgan derazadan koʻchaga qaradi. Oʻ. Umarbekov, Choʻlda bir kun
2. koʻchma Qoni qochgan, rangpar; xira (yuz, koʻz haqida).
-
— Kunimiz qursin, Jumagul. Sen ham halak, men ham, — derdi chol nursiz koʻzlaridan oqqan yoshni artib. J. Sharipov, Xorazm
-
Uning [afgʻon choyfurushning] azaldan kulga oʻxshash nursiz yuzi battar qorayib ketganday koʻrindi. A. Muxtor, Opa singillar
3. koʻchma Badiiy jihatdan boʻsh, qizigʻi yoʻq, mazmunsiz.
-
Nursiz asar.
4. koʻchma Roʻshnolikdan yiroq, ogʻir.
-
Tiyrak Hamidning nursiz hayotini bezagan birdan-bir narsa onasi Komila opaning soʻzlagan ertaklari boʻldi. Oʻzbek adabiyoti
NURSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НУРСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nursiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar