nutq
bilan ulashing
1. Tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi; soʻz-lovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shu jarayonning hosilasi.
-
Nutqi yomon. Bolaning nutqini oʻstirmoq.
-
Ochilning nutqi yaxshi edi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Amaldagi, soʻzlashuv jarayonidagi til.
-
Nutq madaniyati. Biz nutqimizda ayrim soʻzlarni oʻzaro biriktirib, gap tuzamiz.
3. Tilning aloqa-aralashuv maqsadi va sharoitiga qarab lisoniy vositalardan muvofigʻini tanlab ishlatish bilan farqlanuvchi turi, uslub.
-
Poetik nutq. Badiiy nutq. Ogʻzaki nutq.
4. Jamoat oldida aytiladigan, oʻqiladigan gap, vaʼz.
-
Otashin nutq. Hayajonli nutq. Notiqning nutqi. Nutq soʻzlamoq. Nutqqa tayyorlanmoq.
nutq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nutq aʼzolari
Nutq tovushlari
NUTQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НУТҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nutq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar