maza
bilan ulashing
1. Narsalarning taʼm-lazzat bilish aʼzolariga taʼsir etib, sezgi uygʻotish xususiyati; taʼm, lazzat.
-
Nordon maza. Olmaning mazasi. Mazasini totib koʻrmoq.
-
Uzi shirin, toʻqligina, mazasi ham totligina (topishmoq: shaftoli).
2. Qanoat hissi, ruhiy zavq, lazzat, rohat.
-
Munchalik mazani topa olmaydi Uyquda tamshangan chaqaloqlar ham. Gʻ. Gʻulom
3. sifatdosh Mazali, shirin.
-
Jarkop, shavla, kichiri — Biri-biridan maza. Xolam qoʻli gul toza. Q. Muhammadiy
4. undov so‘z Qoniqish, rohat hissini bildiradi.
-
— Eh, maza, maza! — deb Popuk sevinchidan quyonday dikang-dikang sakradi. H. Nazir, Yonar daryo. Haligi irjaygan odamning koʻngli chopdimi, soʻlakayini oqizdi: — Mazza! Mushtum.
maza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Maza qilmoq
-
Siz salqin-da, gʻirillagan shabadada koʻk choy ichib, maza qilib oʻtiribsiz! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Mazasi yoʻq
-
Ovqatning mazasi yoʻq;
-
Bugun boʻlsa, ovning ham mazasi yoʻq H. Gʻulom, Mashʼal
-
Ishining mazasi yoʻq, uning oʻz fikricha, eplolmayotgan ekan. A. Muxtor, Chinor
-
Savodining mazasi yoʻq. S. Ahmad, Hukm
-
Juda mazasi yoʻq odam;
-
Bugun ishga borolmabdi, ancha mazasi yoʻq.
Mazasi qochmoq
-
Dalada ishning mazasi qochdi. S. Ahmad, Hukm
-
Shu kunlarda mani mazam qochib qolganini qarang-a! S. Nurov, Karvon
-
Yeyish-ichishining mazasi qochgan bu yoʻlovchilarga uncha iltifot koʻrsatishmadi. Yoshlik
Mazasiga tushunmoq
-
San yuborgan pulning mazasiga tushundimi, boʻldi, hafta-da, oyda pul soʻrayveradi. Oybek, Tanlangan asarlar
Mazasini olmoq yoki mazasini qochirmoq
-
Isamat otaning bu gapi ham, choyxoʻrlarning maʼqullovchi kulgilari ham mulla Berdiyorning mazasini oldi. Mushtum
MAZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar