maʼyus
bilan ulashing
1. kitobiy Noumid, tushkun holatli; tushkun.
-
[Otabek:] Bu yerda soʻzimni eshituvchi birov ham boʻlmadi, boʻlsalar ham, sening arzingni shu xonlar ijro qiladimi? deb, meni maʼyus qildilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Qiz umid bilan koʻtargan boshchasini yana yostiqqa qoʻydi. Non ilinjida chaqnagan yirik koʻzlari maʼyus yumildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Ezilgan, gʻamgin holatli; xomush.
-
Uning maʼyus chehrasiga qarab turib, Javlon badtar ezilib ketdi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar
-
Katta-kichik, yosh-qari erkak-ayollar oqimi koʻngildan yigʻlar, ularning koʻz yoshlarini maʼyus egilgan boshlari ifoda qilar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oʻylarimda tolgan oʻychan tol Maʼyusgina egmish boshini. H. Abdunazar, Anjir guli
-
Qishloq chollari murdalar qoshiga asta qadam tashlab kelishdi-da, tiz choʻkib, maʼyus holda ancha sukut qilishdi. T. Rustamov, Mangu jasorat
MAʼYUS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЪЮС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maʼyus so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan MAʼYUS so‘ziga berilgan ma’nolar
maʼyus so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar