naqd
bilan ulashing
1. Pulini darhol toʻlash sharti bilan boʻlgan yoki boʻladigan savdo muomalasi.
-
Naqdga olmoq. Naqdga sotmoq.
2. Qoʻlda, ixtiyorda bor, foydalanish yoki muomalaga kiritish uchun tayyor.
-
Naqd pul. Naqd qilmoq.
-
Safoxon toʻra-chi? Bu zot uning ezgu niyatini quvvatlabgina qolmay, qoʻliga naqd mablagʻ ham tutqazdi! K. Yashin, Hamza
-
— Boʻldi, adash, boʻldi! — dedi Kolyaning oldiga borgan Qudrat doʻppisini osmonga tashlab. — Ruxsat arava ham naqd!. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Soyma-soy jilib, yerlarni bir-biriga qoʻsha-qoʻsha, hozir ellik gektarni naqd qildik. H. Nazir, Mayoq sari
3. Aniq, hal boʻlgan, tayyor.
-
[Fotima:] Oʻqishga kirishi naqdga oʻxshaydi Peshonam qursin seni katta qilib berganim kam ekan, endi bolasini ham katta qilib beraman, shekilli. A. Qahhor. Asarlar.
NAQD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАҚД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
naqd so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar