naqsh
bilan ulashing
1. Oʻyib, tikib, toʻqib yoki boʻyoq bilan ishlangan gul, bezak.
-
Nafis naqshlar bilan bezatilgan bino.
-
Gavhar oyna ustiga solingan katta bir oʻyma naqsh oldida Mahkamni toʻxtatdi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. koʻchma Koʻrk, ziynat.
-
Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon undan yaxshidir. Maqol
-
Mehnat bizda sharaf, mardlik ishidir, Mehnat fazilatdir, insonning naqshi. E. Rahim, Yangi qadam
naqsh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Naqsh olma
-
Adolat butunlay oʻzgarib ketganga oʻxshaydi, yuzi oydek toʻlib, naqsh olmadek qizarib turibdi. I. Rahim, Chin muhabbat
NAQSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАҚШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
naqsh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar