aziz
bilan ulashing
1. Kam topiladigan, noyob va qadrli; taqchil.
-
Erur ozki, firuza boʻlmish aziz A. Navoiy
-
Suv boshqa joylarga ham xuddi shu yerdan taqsimlanadi. Sakkiz kun Margʻilon bilan Simga, sakkiz kun Chimyon Oltiariqqa oqadi. Shuning uchun ham suv bizda odam qoniday aziz. S. Ahmad, Ufq
2. Hayot uchun eng zaruriy va qadrli, tengi yuq.
-
Aziz taom.
-
Bugʻdoy shunday aziz ovqat. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Gʻalla xalqimizning peshona teri bilan, bilak kuchi bilan bunyodga kelganligi uchun ham aziz va muqaddasdir. Gazetadan
3. Eʼzoz-eʼtiborga, izzat-hurmatga loyiq, ardoqli, qadrli.
-
Aziz Vatan. Aziz mehmon. Bola aziz, odobi undan aziz. Maqol
-
Er siylangan yerda aziz. Maqol
-
nahot sen, mening pushti kamarimdan boʻlgan, jondan aziz farzandim, shu haqiqatni tushunmasang
4. Oliy qadrga ega, tabarruk.
-
U yerda [Shohimardonda] allaqanday bir azizning qabri bor deyishadi, K. Yashin, Hamza
-
Oʻzbekiston azizlar Vatani. Gazetadan
5. Qayd etilgan belgi-xususiyatlarga egalikni taʼkidlovchi munosabatni bildiradi.
-
Aziz doʻstim. Aziz ustozlar.
-
Azizim, qizingizning baxtini birovlarning ostonasidan qidirmang. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
6. Aziz (erkaklar ismi).
AZIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЗИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
aziz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar