azim
bilan ulashing
1. Koʻrinish, tuzilish eʼtibori bilan gʻoyat katta, ulkan.
-
Azim terak. Azim togʻlar. Azim daryo. Shahri azim.
-
Eski Joʻvada azim bir jamoa yigʻib, Azizbek bilan boʻlgan mojarosini soʻzladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Azim (erkaklar ismi).
azim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gunohi azim
-
Behuda qon toʻkmoq, yurtni parchalamoqdan azim gunoh yoʻq! Oybek, Navoiy
-
Olimlarni haqorat qilish va azoblash kechirib boʻlmaydigan gunohi azim sifatida taʼriflangan. E. Yusupov, Istiqlol yoʻlida
Baloyi azim
-
Boʻtam, nosharʼiy bayt-u gʻazal bitib, meni baloyi azimga qoʻymang. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Kelmaydigan, bilmaydigan ishi yoʻq — baloyi azim ekan. Soʻzlashuvdan
AZIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЗИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
azim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Yangi so'zlar
- namunalar asosida o‘rganish (Few-shot)
- motivatsiya
- mangal
- kvadrokopter
- katta til modeli (LLM)
- koturn