aza
bilan ulashing
1. etn. Ayollarning mayyit chiqqan uyda yigʻi bilan oʻtkazadigan motam marosimi.
-
Aza ga borgan xotin oʻz dardini aytib yigʻlar. Maqol
-
Kambagʻal urugʻ-aymoq, qoʻni-qoʻshnilar, toʻyda, azada semiradigan yurimsak ayollar qorongʻida turtinib, piyoda joʻnashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Mayyit chiqqan uydagi motam jarayoni.
-
Azada qatnashmoq. Azaga kirib, fotiha oʻqib chiqmoq.
3. koʻchma Umuman, motam kabi holat; zid. toʻy, xursandchilik.
-
Bu holat kimga toʻy, kimga aza. Toʻgʻri, kambagʻalning boshi gʻamdan chiqmaydi. Hayiti ham aza, jumasi ham aza. Oybek, Tanlangan asarlar
4. koʻchma s.t. Umuman, yigʻi-sigʻili holat, behuda yigʻi-sigʻi (ayollarga nisbatan).
-
Shunga ham azami, yigʻishtir yigʻi-sigʻingni.
aza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aza ochmoq
-
Usta Hasanbek boʻlsa oʻgʻli Shodmonbekning jangda shahid boʻlgani tufayli aza ochdi. Mirmuhsin, Meʼmor
Aza tutmoq
AZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
AZA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan AZA so‘ziga berilgan ma’nolar
aza so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
aza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing