salla
bilan ulashing
Uzunligi 1,5 metrdan 7 metrgacha boʻladigan, doʻppi, kuloh, telpak ustidan oʻraladigan sidirgʻa mato, doka; musulmon erkaklarning bosh kiyimi.
-
Salla oʻramoq. Kalla boshqa, salla boshqa. Maqol
-
Egnidagi yoʻl-yoʻl beqasam toʻn, boshidagi oppoq misqoli salla uning yigitlik koʻrkini yana ham ochar edi K. Yashin, Hamza
-
Qorovul chol ham boshidan sallasini olmoqchi edi, chuvalib, oyogʻi ostiga tushdi. N. Aminov, Qahqaha
salla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baqa salla yoki qurbaqa sallasi
-
Qarshidagi boʻgʻoti tushib, oʻrtasi yemirilgan, devoridan baqa salla oʻsib chiqqan xaroba binolar A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Ichagingni (yoki ichak-chavogʻingni) boshingga salla qilib qoʻyaman
-
Esing borida etagingni yop, boʻlmasa, ichak-chavogʻingni boshingga salla qilib qoʻyaman. Yoshlik
Paytava salla
-
[Xolisxon:] Paytava sallalardan oʻlib boʻldim. Uxlab yotibdi, deng. Hamza, Paranji sirlari
sheva Maʼraka-marosimlarda tuxumga qorilgan xamirdan salla shaklida oʻrab, yogʻda pishiriladigan milliy pishiriq; oʻrama.
SALLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
salla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan SALLA so‘ziga berilgan ma’nolar
salla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar