yuk
bilan ulashing
1. Bir yerdan ikkinchi yerga koʻtarib, tashib borilishi lozim boʻlgan ogʻirlik.
-
Ogʻir yuk. Qoʻl yuki. Yuk ortmoq. Yukni tushirmoq. Yuki ogʻir eshak ildam yuradi. Maqol
-
Teshaboy aravalarga yuk ortayotgan qarollarga mehmonxona ayvonidan qarab turgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Boy shaharga bir oz yuk tushirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Kishini urintirib qoʻyadigan, tashvishga soladigan ortiqcha narsa; tash-vish, daxmaza.
-
— Baxtim qursin — uzoqqa choʻzilmadi, qaytaga ukam, singlim menga yuk boʻlib tushdi: har ikkalasini boqishim kerak, — dedi Gulsara. M. Joʻra, Iztirob
-
Mohidilning boshida gʻalati oʻylar, fikrlar toʻlqin ura boshladi Bordi-yu, tuzalmasa-chi? Bu yerdagilarga ogʻir yuk boʻlib qolmasmikan tagʻin? J. Abdullaxonov, Toʻfon
3. so‘zlashuv tili Qorindagi bola; homila.
-
Ertalab dod-u faryod bilan yukimdan boʻshadim \dedi Hoji xola]. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Hiqichoq xola allanima balo qilib, bolani tushirdi-yu, onaning boshiga yetdi. Maʼsuma yukidan ozod boʻlgach, oyogʻini sudrab, arang uyiga yetib keldi. M. Osim, Tilsiz guvoh
4. Diniy eʼtiqodga koʻra, aziz-avliyolarni ranjitish tufayli yuz beradigan kasallik.
-
— Agarda! — dedi koʻz yoshi qilib Xoljon xola, — azizlar yuki bossa yo ajinalar chalib ketsa, gunohim sizning boʻyningizda. Gʻayratiy, Dovdirash
-
Nimjon boʻlib qolgan bola qattiq isitmalab, yomon ahvolga tushgach, bola shaytonlabdi, unga yuk tushibdi, domlaga oʻqit, deb qoʻyishmaydi Gazetadan
yuk soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yuki yerda qolmaydi
-
Sizning qanotingiz ostida boʻlsam, yukim yerda qolmaydi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Koʻpchilik bor joyda yukingiz yerda qolmaydi. J. Sharipov, Saodat
YUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yuk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar