tushov
bilan ulashing
1. Uzoqqa ketib qolmaslik uchun ot-ulov va mollarning oldingi ikki oyogʻini matashtirib bogʻlaydigan arqon yoki moslama.
-
Iskandar esa koʻrpachada yotgancha, bedasi oʻrilgan paykalda tushovini sudrab, hak(k)achaklab yurgan eshakdan koʻzini uzmasdi. S. Nurov, Narvon
-
Xudoyorov otning tushovini yechib mindi-yu, orqasiga qaramay, joʻnab qoldi. O. Qoʻchqorbekov, Choʻpon
2. koʻchma Umuman, erkin harakatlanishga qoʻymaydigan, uni bogʻlab qoʻyadigan narsa.
-
Aytadigan gapim yoʻq, bir zum chaynalib turib, kutilmaganda Oshno bergan vakolat yodimga tushdi-yu, tilimning tushovi yechildi. M. M. Doʻst, Lolazor
tushov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oyoqqa tushov boʻlmoq
-
oʻz vaqtida olib ketmaganimiz uchun oʻgʻit oyogʻimizga tushov boʻldi. Mushtum
Eshagiga (yoki uloviga) yarasha tushovi
-
Eshagiga yarasha tushovi demoqchisiz-da? Uygʻun, Soʻnggi pushaymon
-
Barakalla, uloviga yarasha tushovi deganlaridek texnikadan qiyinchilik tortgani uchun dard qolishyapti bular. Y. Shamsharov, Dovruq
Eshagidan tushovi qimmat
-
Butun ish ketmonda bajarilardi. Natijada eshagidan tushovi qimmatga tushardi. N. Safarov, Katta karvon yoʻlda
TUSHOV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУШОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tushov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar