burka
bilan ulashing
1. Biror narsa bilan bekitmoq, oʻramoq yoki oʻrab qoʻymoq.
-
Kumushbibi onasi bilan buvisining uydan chiqishlari
-
boshini sandalning koʻrpasiga burkab, yotib oldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Har doim yuzini roʻmoli bilan burkab yuradigan Adolat hozir hech kimdan tortinmay, dadil borar edi. S. Zunnunova, Olov
2. Biror ochiq joyini qoldirmay, batamom oʻrab, qoplab olmoq.
-
Havoni bulut burkadi. Hamma yoqni chang burkab oldi.
-
Kecha yogʻa boshlagan qor hademay atrofni oppoq choyshabga burkagan edi. S. Zunnunova, Olov
3. koʻchma Toʻldirmoq, qoplamoq.
-
Oʻlkamizni bogʻlarga, boʻstonlarga, gulzorlarga burkay-lik.
-
Togʻ etaklaridagi jilgʻalarda bahor suvi toshib, vodiyni yashil libosga bur-kadi. S. Karomatov, Bir tomchi qon
-
Bagʻishlading mehr-u muhabbat Va umrimni burka-ding nurga. R. Bobojon, Tanlanma
-
Turmushni quvnoq, xushchaqchaq qilishimiz kerak, gul-rayhonlarga burkashimiz kerak. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
burka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shon-shuhratga burkamoq
-
Ziyoyev ulugʻ gʻalabaga munosib hissa qoʻshib, oʻzini shon-shuhratga burkadi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
BURKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar