bulg‘a
bilan ulashing
1. Biror narsani iflos, kir narsaga belamoq, botirmoq, hamma yogʻini iflos qilmoq.
-
Eshakni siylasang, oxurini bulgʻar. Maqol
-
Oyogʻi iflos toʻr bulgʻar, Oʻzi iflos el bulgʻar. Maqol
-
Ifloslangan oqar suvlar sizib oʻtib, yer osti suvlarini bulgʻamoqda. Fan va turmush
2. koʻchma Badnom qilmoq; haqoratlamoq.
-
Marahim haqida soʻz ochdilar, uning arvohini bulgʻadilar. Sh. Rizo, Qor yogʻdi, izlar bosildi
-
Nega u pashshaxoʻrda boʻlib qoldi desam oʻz nafsini koʻzlab, vijdonimni oʻz shaltogʻiga bulgʻab, shirin turmushimni buzmoqchi ekan. S. Yunusov, Oson ishning ohi bor
-
Nomini bulgʻamang! Sherbek akam tilla yigit. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Podaning ichida bitta tirraqisi boʻlsa, hammasini bulgʻaydi. S. Zunnunova, Olov
3. Loyqatmoq, loyqa qilmoq.
-
Suvni bulgʻamoq.
4. sheva Qoʻl bilan imlamoq.
-
Oʻtiribdi ayvonchada azonda, Alin bulgʻab, qichqiradi xirmonda. Qoʻshiqlar
5. Belamoq, bulamoq, botirmoq.
-
Raʼno ayvon labida qoʻlini kerosinga bulgʻab, lampa yoqish harakatida edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Homid nonni shinniga bulgʻar ekan, soʻradi: — Yoshingiz nechada, bek? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6. Buzmoq, isnod keltirmoq.
-
Endi ular [bolalar] battar boʻlsa boʻladiki, yaxshi tomonga oʻzgarmaydi. Jamiyatni bulgʻab yashayveradi. Yoshlik
-
Lekin siz bilan tom maʼnodagi tilanchilar, taʼbir joiz boʻlsa, jamiyatimizning koʻrkam jamolini bulgʻab turgan oʻsha soʻgallar, husnbuzarlar haqida gaplashmoqchiman. Gazetadan
7. koʻchma Zoʻrlamoq, nomusiga tegmoq.
-
Oʻsha buvaydalik Saidahror eshon oʻn bir yashar qizni bulgʻagan, sharmanda boʻlishdan qoʻrqib, uni boʻgʻib oʻldirgan ekan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
bulg‘a soʻzi qatnashgan jumlalar:
Naslini bulgʻamoq
-
Sen bizning naslimizni koʻtarish oʻrniga yerga urib bulgʻading. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
BULG‘A so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУЛҒА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bulg‘a so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar