burj
bilan ulashing
1. astronomiya Quyoshning yillik koʻrinma harakati doirasidagi oʻn ikkita yulduzlar turkumi; ularning har biri (Hut, Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jady, Dalv).
-
Turkiy xalqlarda oylarning nomi ham burj nomidan olingan OʻzME
-
Taqsirimning yulduzlari Qavs burjiga kirdi. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
2. Qalʼa devoriga tutashtirib, unga tirgak sifatida tashqi tomonidan minora shaklida qurilgan qoʻshimcha bino.
-
Devor boʻlinib har 60 metrda burj bino qilingan. Fan va turmush
-
19-asrda bunyod qilingan qalʼa devorlari koʻplab burjlar bilan mustahkamlangan. Fan va turmush
-
Shu payt qalʼa burjida payt poylab oʻtirgan bir kurd mergan uni aniq nishonga oldi. B. Ahmedov, Ulugʻbek
3. Burchak, burch.
-
Nasiba bogʻning anor koʻchatlari oʻsayotgan oʻng burjini koʻrsatdi. Yoshlik
-
Bugun har burjingdan, har bir toshingdan Faqat doʻstlik degan sado keladi. A. Oripov, Yillar armoni
BURJ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРЖ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burj so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar