burma
bilan ulashing
1. sifatdosh Burib-burib ishlangan, burmalab tikilgan; burmali.
-
Burma yubka. Koʻkrak burma koʻylak.
-
Erta bilan suyanaman daraxtga, Burma koʻylak yarashadi bilakka. Qoʻshiqlar
-
Sochlaring sumbuldir, popuging burma. Gulshanbogʻ
-
Otingning qamchisi burmadan burma. Qoʻshiqlar
2. ot Shu xildagi kiyimning, narsaning burilgan, burmalangan joyi.
-
Koʻylakning burmasi.
-
Ayiqday qoʻpol, tepakal direktor loqayd diplom varaqlaydi-yu, koʻylagining burmasidan koʻz uzmasdi. Yoshlik
-
Koʻylak burmalarini turtib turgan koʻkraklari qisqa-qisqa nafas olganidan tinmay qalqirdi. S. Ahmad, Ufq
3. Burab ishlatiladigan, burab ochadigan.
-
Osmonga qarasam parcha bulutlar, Parchaning ichinda burma kalidlar. Qoʻshiqlar
4. ot. geol. Yer qobigʻining qatlangan joyi.
BURMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar