qari
bilan ulashing
1. Yoshi ulgʻayib, qarilik davriga oʻtmoq; keksaymoq, qartaymoq.
-
Qarigan xotin. Qarigan daraxt. Ahmoq horiganini bilmas, koʻsa — qariganini. Maqol
-
— Siz nechaga kirdingiz? — Meni soʻramang, men endi qarib qoldim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Qarib qolishgan, ogʻir musibatni koʻtarisha olmaydi. E. Raimov, Ajab qishloq
2. Jismonan qarilik davriga xos holatga tushmoq.
-
Xadicha xola umrini xorlik-zorlik tortib oʻtkazgan hamma kishilarday tez qarigan A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Qalb qoʻrini el xizmatiga baxshida qilgan, yurtini yashnatib-yashartirgan kishi qarimaydi. Gazetadan
3. koʻchma Eskirib, oʻz umrini tugatmoq, tugatish bosqichiga oʻtmoq.
-
Asrlardan asrlarga ulashgan Asl sanʼat qarimaydi. Q. Muhammadiy.
4. koʻchma Xazon boʻlmoq, soʻlmoq.
-
Bogʻimizga zogʻ-u xazon dorimasin, Gul ila gulzorimiz qarimasin. Uygʻun.
5. koʻchma Oʻz muddatining tugash pallasiga oʻtmoq, tugash jarayonida boʻlmoq.
-
— Bahorning daragi bu, — dedi Unsin mayin ohangda osmonga qarab, — qish qarib qoldi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Huvullagan sariq vodiyda, Qarigan kuz yotadi behol. Sh. Rahmon, Yurak qirralari
qari soʻzi qatnashgan jumlalar:
Safar qaridi
-
Safar qaridi. Gʻulomjon aka yurtini shunchalik sogʻingan ediki, har eslaganda, yurak-bagʻri ezilib ketardi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Maʼmura singlim, menga olam uyidan joy qolmadi, safarim qaridi, muddatim bitdi. X. Sultonov, Onamning yurti
QARI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qari so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar