qarashli
bilan ulashing
1. Boshqaruvida, tasarrufida boʻlgan; boʻysunadigan.
-
Madaniyat vazirligiga qarashli muassasalar. Oliy taʼlim vazirligiga qarashli oʻquv yurtlari.
-
Nabiyev markaz yoʻllanmasi bilan bizning boshqarmaga qarashli yangi ochilgan shaxtaga oʻtgan ekan. Gʻayratiy, Uzoqdagi yor
2. Biror hududiy butunlik tarkibiga kiruvchi, uning tarkibidagi.
-
Qoʻshni viloyatga qarashli yerlar.
-
Kapsanchilar qishlogʻiga qarashli Qoʻgʻazor mahallasida turuvchi Muhiddin Muhammadsolih oʻgʻli. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Biror guruh, oila va shu kabilar tarkibidagi, unga oid.
-
Oʻzimizga qarashli yigitlar, birortasiga aytamiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Unga qarashli ikki muttaham yigit kecha kech Salimning koʻmagi bilan qizni qulaygina oʻgʻirlab chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Muayyan kimsaniki boʻlgan, unga tegishli.
-
bu yil bahorda ustiga yangi shiypon qilingan eskigina bir uy Mirzakarimboyga qarashli boʻlib Oybek, Tanlangan asarlar
-
Chorvoq dalasi qadimda Madamin bilan Olaxoʻjaboyga qarashli edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
5. kam qoʻll. Taalluqli, oid.
-
Mamajon yalqovning kundalik daftarida turli yillarga qarashli bir necha sahifalarni yalqovning oʻz dastxati, oʻz ogʻzi bilan aytmoqchi boʻlaman. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
QARASHLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАРАШЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qarashli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar