burov
bilan ulashing
1. Burash, aylantirish.
2. Uy hayvonlarining tumshugʻiga solinadigan sirtmoq.
-
U har ingraganda, Sotiboldi, chakkasiga burov solingan kishiday, talvasaga tushar edi. A. Qahhor, Bemor
-
Islomboy joni jahoni oʻrtab borarkan, ikki chakkasiga burov solingandek, boshida ogʻriq qoʻzgʻalganini sezdi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
3. koʻchma Avj, siquv.
-
Mening dehqon bobom, andak orom ol, Quyosh buroviga olgan palla bu. A. Oripov, Yillar armoni
4. koʻchma Quchoq, qurshov.
-
Shu azoblar burovida oʻtirganida, eshik ochilib, avval davolovchi vrach, soʻng Nozima kirib keldi. Yoshlik
burov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burovi kam
Ogʻziga (yoki tiliga) burov solmoq
-
— Hunarmandlarning ogʻziga burov solib qoʻymoq kerak ekan, — dedi u [xon] koʻzini chaqchaytirib. M. Osim, Elchilar
-
Muallim, tiliga burov solingandek, qaqqayganicha turib qoldi. A. Koʻchimov, Halqa
BUROV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar