avzo
bilan ulashing
1. 3-shaxs birlikda Avzoyi (asosan inson va havoga nisbatan)
2. Yuz koʻrinishining muayyan ifodasi.
-
Ayol yigitning avzoyidan yomon niyatli kishi emasligini payqadi. R. Rahmonov, Baxt bilan uchrashuv
-
Baratov Saodatxonning avzoyiga qaradi-yu, gapini yutdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
3. Ruhiy (ichki) holat; koʻrinish.
-
Sharofat kechqurun Kanizak kelganda yana zaharga toʻlib oʻtirgan edi, biroq, uni choʻchitmaslik, gʻaflatga solib turib, birdan qoʻlga tushirish uchun avzoyini sira bildirmaslikka harakat qildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
avzo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Avzoyi buzuq
-
Ayol hayron boʻlib, unga qaradi. Tolib akaning avzoyi buzuq edi. F.Musajonov, Himmat
-
Havoning avzoyi buzuq. Osmon toʻla qop-qora bulut T. Ashurov, Marvarid tut
AVZO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АВЗО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
avzo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar