avval
bilan ulashing
1. ot kam qoʻll. (asosan 1-shaxs egalik va oʻrin-payt kelishigi shaklida) Bosh(i), boshlanish(i). zid. oxir.
-
Ishning avvali va oxiri.
-
Xullas, bugun yoshligimni eslashim va gapning avvalini shundan boshlashimning sababi boshqa. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Mulohazalarimiz avvalida videofilm haqidagi ayrim fikrlar, baholarni mushtariyga yetkazmoqchi boʻldik. Gazetadan
2. ravish Oʻtgan vaqtlar(da), hozirga qadar; ilgari. zid. hozir.
-
Tirikchiligimiz avval qanday boʻlsa, hozir ham shunday. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bu keng xonaga Gʻulomjon avvallari ham koʻp kelgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Birinchi navbatda, birinchi boʻlib; dastlab.
-
Avval qariyalar dasturxonga taklif etildi.
-
Avval taom, baʼdaz kalom. Maqol
-
Avval toʻngʻich botir poylovchilik qilibdi. Chalpak yoqqan kun
4. Boshlanishda; boshda.
-
Avval hech narsa sezilmadi, bir oz oʻtgach, ogʻriq tura boshladi.
5. koʻm. vzf. Biror voqea, hodisa yoki harakatning boshqasidan yoki shu haqda soʻz borayotgan vaqtdan oldin boʻlganligini bildiradi.
-
Uchrashuvimizdan avval. Bundan toʻrt yil avval.
-
Mana soʻnggi xotira: ikki yarim yil avval mehribon ona uni shaharga uzatadi. Oybek, Tanlangan asarlar
avval soʻzi qatnashgan jumlalar:
Avval-oxir
-
Hech kim barobar kelmas endi, ullarim (oʻgʻillarim), Men bilaman, avval-oxir sizlarga. Erali va Sherali
-
Buncha jozib, buncha sohir, Yakto boʻlding, Koʻhinor? Sohibingga avval-oxir Balo boʻlding, Koʻhinor. E. Vohidov
AVVAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АВВАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
avval so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar