ayir
bilan ulashing
1. Butunni boʻlmoq, tarkibiy qismlarga boʻlmoq, boʻlaklamoq.
-
Tuxum sarigʻini oqidan ayirmoq.
2. Turiga, naviga qarab boʻlmoq, ajratmoq.
-
Toʻy bekasi, Mirzakarimboyning xotini, ayollarni uch guruhga ayirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Xillab alohida qilmoq.
-
Bobo Qambar dutorga loyigʻini ayirib olib, yoʻnib charxlayapti Yusuf va Ahmad
4. Uzoqlashtirmoq, ajratmoq.
-
Bolani koʻkrakdan ayirmoq.
-
— Mayli, oyi, siz mani besh-oʻn kun bagʻringizdan ayirmang. Orzum shu — dedi Gulnor. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Figʻonkim, gardishi davron ayirdi oʻz diyorimdan. Furqat
5. Mahrum qilmoq, judo qilmoq.
-
Uni yor oldiga kirish minutining yaqinligi, yor nafasining yaqinligi es-hushidan ayirayozgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bir gal tark et, falak, uduming — oshiqdan ayirma maʼshuqni. A. Sher, Qadimgi kuy
6. Ajrata bilmoq, farqiga bormoq.
-
— Man, man! Dardingda kuygan dadangman! — Gulnor oʻz dadasining tovushini bazoʻr ayira bildi. Oybek, Tanlangan asarlar.
-
Yasama karomatchining isitma bilan oshqozon kasalini ayira olmasligini qayoqdan bilsin. Mushtum
7. Oraga tushib ajratmoq.
-
Soʻz taʼsir qilmagach, oʻzi [domla] olomon orasiga kirib, odamlarni ayira boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
8. Ayirmachilik qilmoq, turli koʻz bilan qaramoq.
-
Biz millat ayirmaymiz. P. Tursun, Oʻqituvchi
9. mat. Ayirish amalini bajarmoq, bir sondan ikkinchi sonni olmoq, ajratmoq.
-
Oʻttizdan oʻn beshni ayirmoq.
AYIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЙИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ayir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar