betayin
bilan ulashing
1. Bor-yoʻqligi, yuz berishi yoki bermasligi aniq boʻlmagan, nomaʼlum, tayinsiz.
-
Gʻulomjon hushiga keldi. Uni endi betayin bir qoʻrquv hushiga keltirgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Yigitmanki, tavakkalni qilaman, Betayin yurtlarga ketib boraman. Murodxon
-
Koʻzi-boy cholning kasbi betayin. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
2. Bir zaylda, bir gapda turmaydigan; tuturigʻi, burdi yoʻq, beqaror.
-
Betayin odam,
-
Qoʻrqoq, betayin, irodasiz, maslaksiz, noshud odam boshiga ogʻir bir mushkul tushganda sotqinlik qilarkan-da! S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Bolalar odamgarchiligi yoʻq, betayin kimsa ekan, deyishmasmikan? S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Tagi puch, asossiz, behuda; mujmal; maqsadsiz.
-
Betayin gap. Betayin javob.
-
Kampir, yigʻlab, bunda savol qilayean, Betayin gapirsang, tayin oʻlasan. Gulshanbogʻ
-
Garang qildi bu betayin yurishlar, Soqibulbul, oʻylab, bergin maslahat. Malikayi ayyor
BETAYIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕТАЙИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BETAYIN so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BETAYIN so‘ziga berilgan ma’nolar
betayin so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
betayin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing